Ushbu platforma Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi oʻqituvchilarning ilgʻor ish tajribasi hamda faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish ishlarini maqbullashtirishga xizmat qiladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11-maydagi 134-sonli "2022-2026 yillarda Xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni.
Yuklab olish
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26-fevraldagi 108-sonli "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.
Yuklab olish
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi to'g'risidagi nizomi.
Yuklab olish
Respublika bosqichiga tavsiya etilgan ishlar uchun qilinadiga taqdimot baholash mezoni
Yuklab olish
ommalashtirish.uz platformasi orqali yuborilgan ilgʻor ish tajribalar Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining Oʻquv metodik kengashi aʼzolari tomonidan oʻrganib chiqilishini 15-maygacha kuting.
Tegishli ballarni toʻplagan talabgorlarning ilgʻor ish tajribasi Oʻquv metodik kengashi qarori bilan tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan deb hisoblanishini kuting.
Sizning ishingiz ommmalashgan bo'lsa , o'zingizning shaxsiy kabinetingizdan ishingiz ommalashgani to'g'risida Sertifikatlarni yuklab oling.
Metodik qo'llanma — bu muayyan mavzu yoki fan bo'yicha bilimlarni o'rgatish yoki amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish uchun mo'ljallangan qo'llanma yoki dasturdir. Bu, odatda, o'qituvchilar, trenerlar yoki boshqa mutaxassislar tomonidan foydalanish uchun tuzilgan bo'lib, o'quv materiallarini tashkil etish, darslarni rejalashtirish, amaliy mashqlar va baholash usullarini o'z ichiga oladi. Metodik qo'llanma ta'lim jarayonini samarali va tizimli tarzda tashkil etishga yordam beradi, shuningdek, o'quvchilarning mavzu yoki ko'nikmalarni chuqurroq tushunishlarini ta'minlaydi.
Metodik tavsiya, o'qitish yoki turli mavzularda bilim berish jarayonida qo'llaniladigan, o'qituvchilar, murabbiylar yoki boshqa mutaxassislar uchun mo'ljallangan ko'rsatma yoki yo'riqnomadir. Ular o'quv dasturini, uslubiy yondashuvlarni, o'quv materiallarini qanday qo'llashni, darslarni qanday tashkil etishni, shuningdek, talabalar bilimini baholash va ularga qo'llab-quvvatlash uchun eng yaxshi amaliyotlarni o'z ichiga olishi mumkin. Metodik tavsiyalar o'qituvchilarga mavzuni yanada samarali o'rgatishda yordam beradi va ularning pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan.